Bahodirdan faqat nokaut kutamiz. Jalolovga finalda amerikalik bokschi raqiblik qiladi

CHERY AUTO

Super og‘ir vazn toifasida Olimpiada oltin medali uchun jang qilayotgan Bahodir Jalolov Tokio-2020 finaliga yo‘l oldi. Hamyurtimiz murosasiz kechgan yarim final bahsida britaniyalik bokschiga qarshi ringga ko‘tarildi.

Freyzer Klarkka bilan o‘tgan o‘ta shiddatli va murosasiz ruhda o‘tgan jangda Jalolov o‘zining kuchli zarbalari bilan raqibini ojiz qoldirdi. 3-raund o‘tib borayotgan bir vaqtda raqibning jarohati sabab bellashuv yakuniga etmadi. O‘sha vaqtgacha hisoblangan ochkolar soni bo‘yicha Jalolov yaqqol ustunlik qildi va Olimpiada finalga yo‘l oldi.

Uning oltin medal uchun kechadigan bahsda AQSh vakili Richard Torres raqiblik qiladi. Torres yarim finalda qozog‘ictonlik Qavshibek Ko‘nkabaevni mag‘lub etdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Турсун Ғани
06/08/2021 22:49
Кукабойни мағлуб этса этар. Лекин Баходирга тиши утмайди АҚШликни. Жч даги жангидаги накаутини яна бир бор такрорлаб беришини кутиб қоламиз Баходирдан.
&
Laziz Shermatillayevich
04/08/2021 11:45
Bahodir Jalolov oltin medal olshi shart. Bo’lmasa reytingi judayam tushib ketadi.