Bahrayn-2025: Ulbosin Jalgasbaeva bronza medalini qo‘lga kiritdi

  • 28 oktabr, 16:05
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, ayni kunlarda Bahrayn davlatining Manama shahrida o‘smirlar o‘rtasidagi III yoshlar Osiyo o‘yinlari kompleks musobaqalari bo‘lib o‘tmoqda.

Boks bellashuvlarida dastlabki medal sohibi aniq. Qizlar o‘rtasida -66 kg vazn toifasida ishtirok etgan Ulbosin Jalgasbaeva yarim finalda qozog‘istonlik raqibiga imkoniyatni boy berdi va bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

Bugun o‘zbekistonlik atletlar boks, suzish, gandbol, og‘ir atletika, futzal, erkin kurash va velosport bellashuvlarida ishtirok etishadi.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!