Bal’de Angliya klublari qiziqishiga qarama-y "Barselona"da qolmoqchi

  • 26.03.2026 17:34
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Aleksandro Balde faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin, biroq o‘zi "Barselona"da qolish niyatida.

"Mundo Deportivo" ma’lumotiga ko‘ra, himoyachiga "Manchester Yunayted", "Manchester Siti" va "Aston Villa" jiddiy qiziqish bildirmoqda. Hozircha rasmiy takliflar bo‘lmagan bo‘lsa-da, ingliz klublari futbolchini diqqat bilan kuzatmoqda.

Shu bilan birga, Baldening o‘zi Kataloniya klubini tark etishni istamayapti. Uning agenti Jorje Mendes ham futbolchi "Barselona"da qolishni rejalashtirayotganini tasdiqlagan.

Ma’lumot uchun, Balde "Barselona" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Uning klub bilan shartnomasi 2028 yil 30 iyungacha amal qiladi.

Joriy mavsumda himoyachi 34 ta o‘yinda ishtirok etib, 3 ta golli uzatma mualliflik qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!