Bal’de "Barselona"dan ketishi mumkin: "Klub uni sotishni istisno qilmayapti"

  • 20.04.2026 15:16
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

Kataloniyaning "Barselona" jamoasi himoyachisi Alehandro Balde kelajagi yana muhokama markazida.

OAV ma’lumotlariga koʻra, avvalroq klub 22 yoshli lateralga uzoq muddatli loyiha sifatida qaragan boʻlsa-da, uning oʻyindagi pasayishi va tez-tez jarohat olishi "koʻk-anorranglilar"ning pozitsiyasini oʻzgartirgan. Hozirgi kunda klub futbolchini sotish variantini ham istisno qilmayapti.

"Sport" nashri xabar berishicha, Balde yozgi transfer oynasida yaxshi taklif tushsa, jamoani tark etishi mumkin.

Futbolchining oʻzi esa yuqori darajada oʻynashga qodir ekanini isbotlashni va bosh murabbiy Hans-Diter Flikka asosiy tarkib uchun loyiqiligini koʻrsatishni xohlamoqda.

Transfermarkt portali uning bozor qiymatini 55 million yevro deb baholagan. Baldening "Barselona" bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilgacha moʻljallangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!