
"Baltika"ga qarshi uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi bo‘lgan Fayzullaev jamoadoshlarini osh bilan siyladi (foto)
Rossiya kubogi yarim finalidan o‘rin olgan TsSKA - "Baltika" o‘rtasidagi javob bahsi bo‘lib o‘tdi va unda "armiyachilar" 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Chalov hisobni ochgan bo‘lsa, Fayzullaev ham o‘z nomiga gol yozdirib qo‘ydi. Fayzullaev uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Ushbu sovrinni qabul qilib olgan vakilimiz jamoadoshlarini palov bilan mehmon qildi.
Ma’lumot uchun, TsSKA finalda 29 may kuni "Spartak" - "Zenit" juftligi g‘olibi bilan o‘ynaydi.
Fikrlar