Bangladesh chempionati. Legionerlarimizning jamoalari durang o‘ynadi

Bangladesh chempionati 15-turidan o‘rin olgan o‘yinlar davom ettirildi.

Azamat Abdullaev va Ahrorbek O‘ktamov harakat qilayotgan "Bangladesh Polis" klubi safarda "Abaxani Limited" bilan 1:1 hisobida durang o‘ynadi. Ikki himoyachimiz ham asosiy tarkibda maydonga tushib, to‘liq harakat qildi.

Ixtiyor Toshpulatov to‘p tepayotgan "Raxmatgonj" jamoasi o‘z maydonida "Sheyh Russel" bilan 1:1 hisobida duranga imzo chekdi. Toshpulatov asosiy tarkibda maydonga tushib, 90+4 daqiqada zaxiraga olindi.

Ma’lumot uchun, "Bangladesh Polis" 22 ochko bilan 4-o‘rinda borayotgan bo‘lsa, 9-o‘rindagi "Raxmatgonj" hisobida 11 ochko mavjud. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!