Baribir “Roma”dagi joyimni qaytarib olaman!

  • 22 oktabr, 2022, 17:07
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Roma”ning niderlandiyalik himoyachisi Rik Karsdorp tizzasidagi jarohatini operatsiya qildirganidan keyin o‘zini bezovta qilib kelayotgan jarohatidan qutildi.

Ayni paytda 27 yoshli futbolchi sport formasini tezroq tiklab olish maqsadida mashg‘ulotlarga zo‘r bergan.

Il Messaggero nashrining yozishicha, Karspdor hali to‘liq o‘ynashga tayr emas. Joze Mourino uning o‘rnida universal futbolchi Nikola Zalevskidan foydalanmoqda. Biroq, Rik Karsdorp tezroq maydonga qaytib, o‘z pozitsiyasini jamoadoshidan tortib olmoqchi.

Niderlandiya terma jamoasi bosh murabbiyi Lui van Gal o‘yin amaliyotisiz qolgan Rik Karsdorpni jahon chempionatida qatnashishi mumkin bo‘lgan futbolchilarning kengaytirilgan ro‘yxatiga kiritmadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!