
“Barsa” alamli mag‘lubiyatga uchragan o‘yinda Yamal yangi rekord o‘rnatdi
Ispaniya chempionatining 11-turida “Barselona” o‘z muxlislari ko‘z o‘ngida ashaddiy raqibi “Real”ga imkoniyatni boy berdi.
Gyundog‘an hisobni ochgan bo‘lsa-da, “Real” etakchisi Jud Bellingem ikkita aniq zarba bilan uch ochkoni madridliklarga olib berdi.
Kataloniyaliklar alamli mag‘lubiyat uchragan o‘yinda Lamin Yamal yana bir tarixiy rekord qayd etdi. Bu futbolchi “el-klasiko”da o‘ynagan eng yosh o‘yinchi bo‘ldi. Shu kuni Lamin 16 yoshu 107 kunlik edi.
Avvalgi rekord 1941 yili o‘rnatilgan. O‘shanda “Barsa” futbolchisi Visente Martines 16 yoshu 278 kunligida “Real”ga qarshi to‘p tepgan.
Fikrlar