"Barsa" beshta transfer uchun 84 million yevro to‘lab, oldingi qarzlarini uzdi

  • 09.09.2026 22:09
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Barselona» so‘nggi yillarda amalga oshirgan transferlar bo‘yicha qarzlarining bir qismini to‘lab bo‘ldi. Ispaniyaning Sport nashri xabar berishicha, kataloniyaliklar qator futbolchilar uchun oldindan kelishilgan to‘lovlarni yakunlagan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, klub Dani Ol’mo uchun 34,4 million yevro, Rafinya uchun 19 million yevro, Jyul’ Kunde uchun 12,3 million yevro, Robert Levandovski uchun 11,1 million yevro va Vitor Roke uchun 7,3 million yevro to‘lagan. Jami hisobda kataloniyaliklar 84 million yevrodan ortiq mablag‘ni o‘zlashtirgan.

Shu bilan birga, «Barselona»ning transferlar bo‘yicha barcha majburiyatlari hali to‘liq yopilgani yo‘q. 30 iyun holatiga ko‘ra, klub boshqa jamoalar oldida 167,4 million yevro qarzdor bo‘lib turgan.

Ushbu majburiyatlarning katta qismi Entoni Gordon transferiga to‘g‘ri keladi. Muhimi shundaki, «Barselona» va «Nyukasl» o‘rtasida 22 million yevrolik to‘lovni 2027 yilgacha kechiktirish bo‘yicha kelishuvga erishilgan. Ilk rejaga ko‘ra, bu mablag‘ 30 iyunga qadar to‘lanishi kerak edi.

Eslatib o‘tamiz, klubning moliyaviy yili 30 iyunda yakunlanadi. Shu sababli, 1 iyuldan keyin amalga oshirilgan bitimlar ushbu hisobot davriga kirmaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!