“Barsa” damini olsin! Niko Uilyamsni olib ketadigan klub chiqdi
Ispaniyaning amaldagi chempioni “Barselona” bir necha marotaba uringaniga qaramay, “Atletik Bibao” etakchisi Niko Uilyasni qo‘lga kirita olmadi.
Transfer shartlari kelishilgan so‘nggi pallada Niko Bilbaoda qolishini e’lon qilib, klub bilan shartnomani uzaytirdi.
Garchi yangi bitim 2035 yilga qadar tuzilgan bo‘lsa-da, bu bilbaoliklarga Niko Uilyamsni yana o‘n yil davomida ushlab qolishini kafolatlamaydi.
Evropa matbuotining yozishicha, Nikoni jiddiy klub – “Bavariya” nishonga olgan. Myunxenliklar ispaniyalik futbolchini yangi loyihaning muhim ishtirokchisi sifatida ko‘rmoqda.
“Bavariya” Niko Uilyams yordamida jamoa namoyish qilayotgan hujumkor futbolning shiddatini yanada oshirishni rejalashtirgan.
So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, “Atletik Bilbao” rahbariyati “Bavariya”ning rejalaridan xavotirga tushmoqda. Chunki ular moliyaviy raqobatda Bundesliga etakchisiga tenglasha olmasligini yaxshi biladi.



Fikrlar