“Barsa” etakchilaridan biri bilan xayrlashadi

  • 14 may, 2022, 20:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

“Barselona” rahbariyati jamoaning etakchilaridan biri – asosiy darvozabon Mark-Andre ter Shtegenni sotib yuborishga tayyorligini bildirdi. Bu haqda Cadena Ser nashri xabar tarqatdi.

Klub mutasaddilari germaniyalik posbonning transferidan keladigan mablag‘ evaziga moliyaviy ahvolini biroz bo‘lsada, o‘nglab olmoqchi.

Ter Shtegen Kataloniyaga 2014 yili olib kelingan. O‘shanda “Barselona” darvozabon uchun Myonxengladbaxning “Borussiya” jamoasiga 12 million evro to‘lagandi.

Tajribali posbonning amaldagi kelishuvi yana uch mavsum davom etadi. Shunga qaramay, klub mutasaddilari uni 45 million evro evaziga sotib yubormoqchi.

Ter Shtegen joriy mavsumda barcha turnirlarda 46 ta o‘yin o‘tkazib, 55 ta to‘p o‘tkazib yubordi, 14 ta  bahsda darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!