"Barsa" futbolchilari o‘zlarini aldangandek his qilishmoqda
PSJ hujumchisi Neymarning transferi amalga oshmaganidan so‘ng, "Barselona" futbolchilari o‘zlarini aldangan deb his qilishmoqda.
Klubning aksariyat futbolchilari Neymarning "Barsa"ga qaytish fikrini ma’qullashgan va klub rahbariyati braziliyalikni sotib olish uchun qo‘llaridan kelgan barcha ishni qilishlar kerak edi, deb hisoblashmoqda.
Kataloniya klubi futbolchilari rahbariyat boshidanoq Neymarni sotib olishni rejalashtirmagan va bu transfer bo‘yicha amalga oshirilgan barcha takliflar shunchaki klub futbolchilarini yaxshi kayfiyatda ushlab turishning bir usuli edi degan fikga kelishmoqda.

Fikrlar