“Barsa”: Futbolchimizni Madriddga bermaymiz!
Xans-Diter Flik qo‘l ostida ketma-ket ikkinchi mavsumda Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritgan “Barselona” rahbariyati yarim himoyachi Mark Kasadoni jamoada saqlab qolishga qaror qildi.
Futbolchiga “Atletiko Madrid” klubi og‘iz solmoqda va o‘yinchi uchun xarajat qilishga tayyor.
Bu haqida Diario SPORT xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, “matraschilar” bosh murabbiyi Diego Simeone Mark Kasadonining katta muxlisi hisoblanadi.
“Atletiko” bir necha oydan beri futbolchi haqida ma’lumot to‘plamoqda va uni yozda o‘z safiga qo‘shib olishga umid qilmoqda.
Klub rahbariyati Kasado Simeone loyihasining asosiy futbolchilaridan biriga aylanishi mumkin, deb hisoblamoqda.
Biroq “Barselona” o‘z tarbiyalanuvchisini sotishdan manfaatdor emas.
Ushbu mavsumda 22 yoshli yarim himoyachi barcha musobaqalarda 34 ta uchrashuvda qatnashib, 1 ta golli uzatma berdi.

Fikrlar