
"Barsa" futbolchisi Bundesligaga ko‘chib o‘tdi
"Barselona" himoyachisi Jan-Kler Todiboni faoliyatini "Shalke" klubida davom ettiradigan bo‘ldi.
Nemis klubi futbolchini ijara asosida qo‘lga kiritdi. Bundesliga klubida himoyachini 25 mln evroga sotib olish huquqi bor va qo‘shimchasiga 5 mln evro bonus sifatida ham to‘lashi mumkin bo‘ladi.
Agarda, "Shalke" Todiboni sotib olsa, "Barselona" futbolchini 50 mln evro va bonus sifatida yana 10 mln evro evaziga qayta sotib olish imkoniga ega bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, Todibo "Barselona"ga 2019 yilning yanvar oyida kelib qo‘shilgan edi va yil davomida bor-yo‘g‘i 5 ta bellashuvda maydonga tushirildi holos!
Fikrlar