"Barsa" futbolchisi Flikning ishonchiga kirish rejasini ishlab chiqdi
Mavsum boshida fransuz futbolchi asosiy tarkibdagi o‘rnini yo‘qotdi
Manbalarga ko‘ra, 27 yoshli «Barselona» himoyachisi Jyul Kunde jamoaviy mashg‘ulotlardan keyin ham doim qo‘shimcha ishlamoqda. U klub mutaxassislari bilan alohida tarzda shug‘ullanib, fizioterapevtlar va jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha murabbiylar bilan individual dastur asosida ishlayapti.
Ma’lumotlarga qaraganda, Kunde shu yo‘l bilan qisqa fursat ichida eng yaxshi jismoniy holatiga qaytish va bosh murabbiy Hans-Diter Flik ishonchini qayta qozonishni maqsad qilgan.
Kunde 2022 yildan beri «Sevilya» klubidan o‘tganidan so‘ng «Barselona» sharafini himoya qilib kelmoqda. Birinchi marta shu davr ichida uning asosiy tarkibdagi o‘rni kafolatsiz qoldi. Joriy mavsumda o‘tkazilgan beshta rasmiy uchrashuvdan faqat ikkitasida u start tarkibdan maydonga tushgan, qolgan o‘yinlarda esa zahiradan maydonga chiqishga to‘g‘ri kelgan.

Fikrlar