“Barsa” futbolchisi hech kimga kerak emas

  • 8 may, 2021, 11:11
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” klubi o‘zi bir paytlar bazo‘r qo‘lga kiritgan Samuel Umtitidan qutila olmayapti. Bu futbolchini o‘z safiga qo‘shib oladigan jamoa topilmayapti.

Avvalroq, “Liverpul”  Umtitiga qziqish bildirgan edi. Biroq, Klopp uni olish fikridan qaytdi.

Frantsiyalik himoyachi kataloniyaliklar tarkibiga 2016 yilning yozida “Lion”dan olib kelingan edi.  O‘shanda “Barsa” 25 million evro to‘lab, bir necha raqobatchi jamoalarni ortda qoldirgan.

27 yoshli futbolchining o‘yin amaliyoti tobora kamayib ketmoqda. U O‘tgan mavsumda 13 ta uchrashuvda qatnashgandi. Bu yil esa o‘n marta maydonga tushdi.  Ronald Kuman kelasi mavsumda Umtitini o‘ynatmoqchi emas.

Kataloniyaliklar uni 10 million evroga qo‘yib yuboradi. Umtitining amaldagi shartnomasi 2023 yilning yarmigacha tuzilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!