“Barsa” hech kim tanimaydigan futbolchini olib keladi

  • 24 yanvar, 2023, 12:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” direktori Yordi Kroyf jamoaga hali tanilmagan iste’dod egasini olib kelish borasida ish boshlagan.

Tecno

Sport.es saytining ma’lum qilishicha, Isroilning “Makkabi Tel-Aviv” jamoasida o‘ynayotgan 18 yoshli yarim himoyachi Oskar Glox faoliyatini Kataloniyada davom ettirishga juda yaqin turibdi.  

Oskar Glox oldida boshqa variantlar ham bor. Dortmundning “Borussiya”si ham yosh iste’dod egasini o‘z safiga qo‘shib olishga tayyor. Shuningdek, Glox Rossiya chempioni “Zenit” skautlari tomonidan kuzatuvga olingan.

Glox joriy mavsumda Isroil chempionatida 22 ta o‘yinda maydonga tushib, oltita gol va ettita assist qayd etdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!