
"Barsa" hujumchisi Chempionship klubiga o‘tadi
"Barselona" hujumchisi Rey Manay "Uotford" bilan muzokara o‘tkazish uchun Angliyaga uchib ketdi.
25 yoshli albaniyalik o‘yinchining agentlari uning Chempionship klubiga o‘tishiga ishonchi komil. Manayga shuningdek, A Seriya va La Liga klublaridan ham takliflar mavjud.
O‘tgan mavsumda hujumchi "Spetsiya"da ijara asosida o‘ynadi, ammo italyan klubi uni 2.5 million evroga sotib olmagan.
2021/2022 yilgi mavsumda u 22 ta o‘yinda maydonga tushib, 14 ta gol urdi.
Fikrlar