“Barsa” katta transferga ulgurib qolmoqchi

  • 01.09.2025 11:24
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Ispaniyaning amaldagi chempioni “Barselona” yozgi transferlar oynasi yopilishi arafasida  qimmatbaho chiqish transferini amalga oshirishga ulgurmoqchi.

So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, kataloniyaliklar hujumkor futbolchi Fermin Lopesni sotishga qaror qildi. Avvaliga, klub mutasaddilari bu o‘yinchini jamoada olib qolishni ma’qul ko‘rgandi.

 Mundo Deportivo nashriga ko‘ra, endi vaziyat o‘zgardi. “Barselona” o‘yinchiga xaridor bo‘lgan “Chelsi”dan taklif kutmoqda. Agar “aristokratlar” Fermin uchun 70 million evrodan kam bo‘lmagan summa to‘lashga rozi bo‘lsa, iqtidorli yarim himoyachi Angliya Premer-ligasiga ko‘chib o‘tadi.

Aslida Transfermarkt portali 22 yoshli futbolchini 50 million evroga baholangan. Lopesning kataloniyaliklar bilan shartnomasi 2029 yilning yozigacha davom etishi belgilangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!