
“Barsa” kelishuv tufayli “Real” futbolchisidan yuz o‘girdi
“Real” hujumkor futbolchisi Marko Asensio yozda jamoani tark etishi kutilmoqda. Ispan yarim himoyachisi o‘tishi mumkin bo‘lgan jamoalardan biri siatida “Baselona” tilga olinayotgan edi. Biroq bu transfer amalga oshmaydi.
Kataloniya klubi hujum chizig‘idagi raqobat kuchli ekani, “Barselona” va “Real” o‘rtasidagi “jentlmenlik pakti” – ya’ni, bir birining futbolchisini olmaslik haqidagi kelishuvga asosan Asensioni olish imkoniyatidan voz kechdi.
Bu haqda El Nacional nashri xabar berdi.
Madridliklar shartnomasi tugayotgan 26 yoshli futbolchiga har mavsum uchun 5 million evro maosh ko‘rsatilgan to‘rt yillik bitim taklif qilgandi. Asensio bu mablag‘ga ko‘nmadi.
Markoning o‘zi “Barselona”ga o‘tishni istayotgandi. Bu rejasini amalga oshirish uchun agentini almashtirib, Jorje Mendeshni xizmatga yolladi. Ko‘rinib turibdiki, bu usul ish bermadi.
Fikrlar