
“Barsa” Messiga bog‘lanib qolmagan! Kataloniyaliklar Leoning ketishiga tayyorlanyapti
“Barselona” prezidentligiga asosiy da’vogarlardan bo‘lgan Joan Laporta jamoa etakchisi Lionel Messining yozda ketishi mumkinligi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi.
- Agar Messi qolish taklifiga rad javobini bersa, biz usiz ham oldinga intilishda davom etamiz. Messining ketishi raqobatbardosh jamoa shakllantirishimiz va jahon futbolida cho‘qqiga chiqish uchun yangi bosqichga ko‘tarilishimizga to‘siq bo‘lolmaydi, - dedi Laporta.
Tajribali mutaxassisning ta’kidlashicha, “Barselona” bundan keyin ham o‘z tarbiyalanuvchilarini jahon darajasidagi futbolchi bo‘lishi alohida e’tibor qaratadi. Xususan, Laportda bu borada Ansu Fatiga katta ishonch bildirmoqda. Keyingi davr Ansu Fati singari futbolchilarniki bo‘lishini aytdi.
Fikrlar