"Barsa" muxlislari uchun noxush xabar! Arauxoning jarohat olgani ma’lum qilindi

  • 17 avgust, 2023, 17:30
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" futbolchisi Ronald Arauxo jarohat olgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar tarqatdi. 

Ma’lum bo‘lishicha, himoyachining jarohati qanchalik jiddiy ekani tibbiy tekshiruvlar so‘ng aniq bo‘ladi. Hozircha u 1 oyga yaqin muddatga safdan chiqqani aytilmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, Arauxo La Liga 1-turidan o‘rin olgan "Xetafe"ga qarshi o‘yinda to‘liq 90 daqiqa maydonda harakat qilgandi. Mazkur bahsda "ko‘k-anorranglilar" Madrid klubi bilan 0:0 hisobida durang o‘ynagandi. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!