
“Barsa” MYudagi superto‘purarni olib keladi
“Barselona” bosh murabbiyi Xavi jamoa hujumiga Evropa futbolining eng zo‘r to‘purarlaridan hisoblangan Edinson Kavanini taklif qilmoqda.
Krishtianu Ronaldu kelganidan keyin urugvaylik hujumchining “Manchester Yunayted” asosiy tarkibiga kirishi qiyinlashib qoldi. Shu bois, uning o‘zi ham Angliyadan ketishga tayyor.
Xavi Edinson Kavani o‘zi o‘ynagan barcha jamoalarda samarali to‘p surganini inobatga olyapti. Shuningdek, tajribali hujumchi Xavi qo‘llamoqchi bo‘lshgan o‘yin uslubiga mosligi aytilmoqda.
Kavani joriy mavsumda Angliya premer-ligasida atigi besh marta maydonga tushib, o‘z hisobiga bitta gol yozdirib qo‘ydi. Uning amaldagi shartnomasi mavsum oxirida yakuniga etadi.
Fikrlar