“Barsa” nega Levandovskidan qutilmoqchi ekani ayon bo‘ldi

  • 22 may, 2024, 11:31
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” joriy mavsumda ichki chempionatda chempionlikni “Real”ga boy berdi, Evropa Chempionlar ligasidagi kurashni ham ancha erta tugatdi.

Tecno

Endi klub rahbariyati tarkibda jiddiy o‘zgarishlar qilishni rejalashtirmoqda.

Todofichajes nashrining yozishicha, kataloniyaliklar yozda Robert Levandovskini sotib yubormoqchi.

Polshalik to‘purarning o‘zi kelasi mavsumni ham “Barselona”da o‘tkazmoqchi. Lekin uning katta maoshi klubga og‘irlik qilayotgani aytilmoqda.

Levandovski bir mavsum uchun 30 million evroga yaqin maosh oladi.

“Barselona” mutasaddilari mashhur futbolchini Saudiya Arabistoni klublariga transfer qilib, g‘aznaga pul tushirishdan tashqari, Levandovskiga maosh uchun ajratiladigan mablag‘ni ham tejab qolmoqchi.

35 yoshli forvard anchadan beri Saudiya Arabistonining bir necha jamoalarini qiziqtirib keladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Safarov sherxon
22/05/2024 13:24
4 5 yil oldingi barselona qani