“Barsa” O‘zbekistonga qarshi o‘ynagan futbolchining maoshini oshiradi

  • 11 avgust, 2024, 11:11
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” rahbariyati Parijdagi Olimpiya o‘yinlarida Ispaniya terma jamoasining g‘alabasiga katta hissa qo‘shgan yarim himoyachi Fermin Lopesning shartnomasi shartlarini yaxshilaydishan bo‘ldi.

Sport.es saytining yozishicha, Olimpiadada oltita gol va ikkita assist qayd etgan iste’dodli futbolchiga bundan buyon Evropaning boshqa klublari og‘iz sola boshlaydi. Buni inobatga olgan Kataloniya superklubi mutasaddilari o‘yinchi bilan yangi bitim tuzib qo‘ymoqchi.

Bundan tashqari, “Barselona” bosh murabbiyi Xans-Diter Flik ham Fermin Lopesning o‘yinini juda yuqori baholagan va yangi mavsumda unga La Ligada ham o‘zini ko‘rsatishga imkon bermoqchi.

Eslatib o‘tamiz, Fermin Lopes Olimpiya o‘yinlarining guruh bosqichidagi dastlabki turda O‘zbekiston terma jamoasiga qarshi 76 daqiqa davomida o‘ynagan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!