"Barsa" qishki transfer oynasi uchun birinchi nishonni tanladi
«Barselona» yozgi transfer oynasini asosiy maqsadlaridan birini amalga oshirmasdan yakunladi. Kataloniya klubi kutilgan markaziy himoyachini olishga ulgurmadi.
Jurnalist Fernando Polo ma'lumotiga ko‘ra, klub rahbariyati bu kamchilikni qishki transfer davrida bartaraf etishni rejalashtirmoqda.
Ayni paytda «Barselona» kelayotgan oyna uchun birinchi navbatdagi nomzodini belgilab bo‘lgan.
Ma'lum qilinishicha, kataloniyaliklar «Tvente» tarkibida to‘p surib kelayotgan himoyachi Rud Nistadni o‘z safiga qo‘shib olishni maqsad qilgan.

Fikrlar