
"Barsa" Segunda B klubi ustidan qiyin g‘alabaga erishdi
Ispaniya kubogining 1/16 final bosqichida uchinchi divizionning "Ibitsa" klubi o‘z maydonida "Barselona"ni qabul qildi.
O‘yinning 9-daqiqasidayoq, mezbonlar hisobni ochishga erishdi.
Qiziq tomoni, kataloniyaliklar uchrashuvning 68-daqiqasiga kelibgina darvozaga aniq zarba berishni uddasidan chiqishdi. 72-daqiqada esa Antuan Grizmann hisobni tenglashtirdi.
Hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqalarda yana Antuan Grizmann jamoani hisobda oldinga olib chiqdi.
Shu tariqa, bellashuv davomida darvozalarga boshqa gol urilmadi va bahs 2:1 hisobida "Barselona"ning g‘alabasi bilan yakunlandi.
Fikrlar