“Barsa” tarbiyalagan futbolchi “Real”ga o‘tmoqchi

  • 7 oktabr, 2021, 07:25
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” rahbariyati klub tarbiyalanuvchisi Ilaysh Moribani yangi shartnomaga ko‘ndira olmagan edi. 18 yoshli yarim himoyachi yozda “Leyptsig” jamoasi safiga qo‘shildi.

Tecno

Endi Moribada Ispaniya chempionatiga qaytish imkoniyati paydo bo‘ldi. Iste’dodli futbolchiga “Real” xaridor bo‘lmoqda. Aslida kataloniyaliklar Moribaning klub taklifini rad etishiga “Real” ta’sir o‘tkazgani haqida shikoyat ham qilgandi.

Endi “Qirollik klubi” ashaddiy raqib tarbiyalagan futbolchini o‘z safida ko‘rmoqchi. Madridliklar bu futbolchini qo‘lga kiritish uchun 25 million evro to‘lashi kerak bo‘ladi.

Moriba joriy mavsumda “Leyptsig” tarkibida atigi 11 daqiqa o‘ynadi xolos.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!