"Barsa" Torres bo‘yicha yakuniy qarorni qabul qildi

  • 16.07.2026 14:47
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Kataloniyaning mashhur «Barselona» klubi Ferran Torres borasida o‘zining qat’iy qarorini qabul qildi. Jamoa hujumchini sotish yoki ijaraga berish variantlarini ko‘rib chiqmayapti. 

Bu haqida jurnalist Alfredo Martines ijtimoiy tarmoqlarda xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, hozirgacha «Barselona»ga Ferran Torres bo‘yicha birorta rasmiy taklif kelib tushmagan. Qolaversa, boshqa klublar tomonidan jiddiy qiziqish ham qayd etilmagan. Shu bois, hatto kataloniyaliklar uni sotishni istagan taqdirda ham, amalda buni amalga oshirish qiyin bo‘lardi.

«Barselona» rahbariyatining rejasiga ko‘ra, sentabr oyida, moliyaviy feyr-pley qoidalariga rioya etish masalasi yanada aniqlashgach, Ferran Torresga yangi shartnoma taklif etish ko‘zda tutilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!