“Barsa” transferi MYu tufayli barbod bo‘ldi

  • 22 dekabr, 2021, 09:22
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” bosh murabbiyi Xavi jamoa hujumkorligini oshirish maqsadida bir necha nomzodlarni ko‘rib chiqmoqda. Ular orasida “Manchester “Yunayted” asosiy tarkibiga kira olmayotgan Edinson Kavani ham bor edi.

Tecno

RAC-1 nashrining xabar berishicha, kataloniyaliklar urugvaylik to‘purarni olish fikridan qaydgan. Bunga “Manchester Yunayted” rahbariyati bilan muzokaralar kutilgan darajada bo‘lmagani sabab qilib ko‘rsatilmoqda.

Edinson Kavani Manchesterga Krishtianu Ronaldu kelganidan keyin etarlicha o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmayapti va shu bois yanvarda o‘ziga boshqa jamoa topishini aytgan.

Tajribali hujumchi joriy mavsumda sakkiz marotaba maydonga tushib, o‘z hisobiga bitta gol yozdirib qo‘ydi. Uning amaldagi shartnomasi mavsum oxirida yakuniga etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!