“Barsa” va “Liverpul” kutgan futbolchi oddiy jamoani tanladi

  • 23.10.2020 09:45
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Vulverxempton” tarkibida to‘p surayotgan Adama Traore “Barselona” va “Liverpul” singari grand klublardan bo‘layotgan takliflarni qabul qilmasdan, “bo‘rilar” bilan amaldagi shartnomasini uzaytirish variantini tanladi.

Jismoniy ko‘rsatkichlari bo‘yicha dunyoning eng baquvvat o‘yinchilaridan biri hisoblangan ispaniyalik yarim himoyachi 2024 yilning yozigacha “Vulverxempton”da qoladi. Buning uchun klub rahbariyati futbolchiga haftasiga 100 ming funt to‘laydi.

Yaqinda “Real” jamoasi sardori Serxio Ramos ham “Qirollik klubi” rahbariyatidan Adama Traoreni olib kelishni so‘ragan edi. Traorega Angliyaning etakchi jamoalaridan ham qiziqish bo‘lmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!