
“Barsa” va “Real” o‘rtasidagi “el-klasiko” bo‘yicha rasmiy ma’lumot
Futbol olamining eng kutilgan uchrashuvi – “Barselona” va “Real” o‘yini dunyo bo‘ylab millionlab muxlislarning e’tiborida turadi.
Yangi mavsumdagi ilk ”el-klasiko” 24 oktyabr kuni “Kamp Nou”da o‘tkaziladi.
Kataloniya hukumati qaroriga ko‘ra, ushbu uchrashuv koronavirus pandemiyasi tufayli yopiq eshiklar ortida o‘tadi va o‘yinga tomoshabinlar kiritilmaydi.
- Hozirgi sharoitda stadionga jamoatchilikni kiritish mumkin emas. Butun mavsum shunday bo‘ladi, degan fikrni ham tasdiqlay olmaymiz. Lekin 20 va 24 oktyabr kungi o‘yinlarda cheklov amal qiladi, - deydi sog‘liqni saqlash masalalari bo‘yicha maslahatchi Alba Verje.
Fikrlar