“Barsa” Xavining o‘rniga bir kunda murabbiy topdi

  • 28 yanvar, 2024, 14:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” bosh murabbiyi Xavi Ernandes mavsum yakunlanishi bilan lavozimini topshirishini e’lon qildi.

Klub rahbariyati darrov uning o‘rnini egallaydigan nomzod topdi.

“Brayton” bosh murabbiyi Roberto de Dzerbi yozda Kataloniyaga taklif etadi. Bu haqda Daily Mail nashri axborot tarqatdi.

Italiyalik mutaxassis “Brayton”ni muvaffaqiyatli boshqarmoqda. 2022 yilning sentyabrida jamoani qabul qilib olgan Roberto de Dzerbi o‘tgan mavsumda jamoani kuchli ettilikka olib kirdi va Evropa Ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Joriy mavsumda “Brayton” Evropa Ligasida ishonchli o‘yin ko‘rsatmoqda. Jamoa guruh bosqichlaridan o‘tib, pley-offga chiqdi va bosh sovrin uchun asosiy da’vogarlardan hisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!