“Barsa” Xolandga dahshatli maosh taklif qildi
“Barselona” rahbariyati “Borussiya” hujumchisi Erling Xoland transferi bo‘yicha so‘nggi taklifini berdi.
Diario Sport nashrining xabariga ko‘ra, kataloniyaliklar norvegiyalik to‘purarga besh mavsum davom etadigan shartnoma va bu muddatda jami 190 million evro maosh berishni va’da qilmoqda. Shuningdek, klub dortmundliklarga 75 million evro miqdorida transfer badalini ham to‘laydi.
Ayni paytda Xolandga talabgor soni unchalik ko‘p emas. Chunki qimmatbaho futbolchining transferi aksariyat klublarga og‘irlik qiladi. Asosiy da’vogarlar sifatida “Manchester Siti” va “Real” tilga olinmoqda.
Kataloniyaliklar katta maoshdan tashqari Xolandning “Barsa”ni tanlashiga klubning mavqei va Xavi fenomeni ijobiy ta’sir qilishiga ishonmoqda.

Fikrlar