"Barsa" Xolandni olishni antiqa usulini topdi

  • 4 mart, 2022, 19:17
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Borussiya" Dortmund hujumchisi Erling Xoland faoliyatini "Barselona"da davom ettirishi mumkin.

Kataloniyaliklar rahbariyati yosh yulduzning agenti va "asalarilar" vakillari bilan bir necha bor uchrashdi. Mino Rayola o‘z mijozini sotib olmoqchi bo‘lgan klubga noodatiy shart qo‘ydi.

Gap shundaki, Xoland bilan shartnoma tuzish uchun "ko‘k-anorranglilar" Rayolaning yana bir mijozini xarid qilishiga to‘g‘ri keladi. Mino "Barsa"ga "Ayaks" futbolchisi Nussair Mazrauini o‘z safiga qo‘shib olishni maslahat bergan. Uning klub bilan shartnomasi yozda nihoyasiga etadi.

Xabarlarga ko‘ra, Xavining shaxsan o‘zi Myunxenda norvegiyalik hujumchi bilan uchrashgan. Ispaniyalik mutaxassis jamoasida ko‘rishni istagan futbolchilar bilan o‘zi gaplashishni ma’qul ko‘radi. Bu Ferran Torres, Dani Alves, Adama Traore transferida kuzatilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!