
“Barsa” yana Messi boshchiligidagi yulduzlar termasiga aylanadi
“Barselona” prezidenti Joan Laporta o‘z jamoasiga yana nomdor yulduzlarni olib kelishga qaror qildi.
Ayni paytda klub xo‘jayini Lionel Messi va Bernardu Silvaning transferi bo‘yicha ish boshlashga tayyorlanyapti. Bu haqda Sport nashri xabar berdi.
Lionel Messining PSJ bilan kelishuvi mavsum oxirida yakunlanadi. Kataloniyaliklar uni yozda erkin agent sifatida qo‘lga kiritishni rejalashtirmoqda. Lekin argentinalik yulduz qo‘lida PSJ, “ChElsi”, “Inter Mayami” variantlari ham turibdi.
“Barselona” Bernardu Silvani yozda olmoqchi bo‘lgandi. “Manchester Siti” portugaliyalik yulduz uchun 100 million evro badal puli talab qilganidan keyin bu transfer amalga oshmay qoldi.
Fikrlar