"Barsa" yosh futbolchiga uzoq muddatli shartnoma taklif qiladi

  • 13.11.2021 14:24
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol

"Barselona" o‘z yarim himoyachisi Gavi bilan shartnomani uzaytirishni istamoqda. Bu haqda jurnalist Fabritsio Romano xabar berdi. 

Klub rahbariyati 17 yoshli futbolchiga uzoq muddatli bitim tayyorlab qo‘ygan. Shartnomani uzaytirish qarorini yangi murabbiy Xavi ham ma’qulladi. 

Joriy mavsumda Gavi La Liganing 10 ta uchrashuvida maydonga tushib, 1 ta golli uzatma amalga oshirdi. Yosh pleymeykerni transfermarkt portali 25 million evroga baholamoqda. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!