“Barsa” yoshlari, men qilgan xatoni takrorlamang!

  • 6 may, 2022, 10:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Udineze” sharafinei himoya qilayotgan Jerar Delofeu “Barselona”ning Gavi va Pedri kabi yosh futbolchilariga o‘zining Kataloniyada yo‘l qo‘ygan xatolarini takrorlamaslikni maslahat berdi.

Tecno

Ispaniyalik hujumkor futbolchi yoshlarni bosh murabbiy Xavi va tajribali o‘yinchilardan ko‘proq narsa o‘rganib, buyuk o‘yinchilarga aylanishga harakat qilishga chaqirdi.

- Men ularga xuddi shunday ishtiyoq bilan o‘ynashda davom etishni maslahat bergan bo‘lardim. “Barselona”da o‘ynagan davrimda menga aynan ishtiyoq va diqqatni jamlay olish kabi xususiyatlar etishmadi. Mentalitetim kuchsizlik qildi, muhit to‘g‘ri kelmadi. O‘zim duch kelgan vaziyatni engib o‘tishga yoshlik qildim, - dedi Jerar Delofeu.

Shuningdek, 28 yoshli futbolchi yosh o‘yinchilarni Xavi, Pike, Buskets, Albadan ko‘proq o‘rganishga chaqirdi.

Delofeu “Barselona” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Kataloniyaliklar safida o‘nta o‘yinda atigi bitta gol urgan.  Asosiy tarkibga kira olmagan o‘yinchi keyinchalik “Everton”, “Sevilya”, “Milan”, “Uotford” kabi jamoalarda to‘p  tepdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!