"Barsa" yulduzi "Nyukasl"ga o‘tadi

  • 23 dekabr, 2021, 18:25
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Saudiyalik milliarderlar qo‘liga o‘tgan "Nyukasl" katta transferlarni ko‘zlamoqda.

Birinchi nishon "Barselona" vingeri Usman Dembele bo‘lishi mumkin. Ingliz klubi rasmiylari frantsiyalik futbolchining agenti bilan muzokara o‘tkazmoqda. Uning transfer narxi 50 million evroga baholanmoqda.

Qiziqishga qaramay, kataloniyaliklar rahbariyati Dembelening jamoada qolishiga ishonmoqda. Ular Usmanga taklif etilgan yangi shartnoma e’tiborsiz qoldirilmasligiga umid qilyapti. Buni shaxsan bosh murabbiy Xavi istamoqda.

24 yoshli futbolchi "ko‘k-anorranglilar" libosida joriy mavsum 7 bellashuvda maydonga tushib, 1 assist muallifiga aylandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!