“Barsa” yulduzidan voz kecha olmadi

  • 09.06.2021 22:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Yoshi o‘tib qolgani uchun Kataloniya klubini tark etishi kutilgan Jerar Pike yana uch yil davomida “Barselona” sharafini himoya qiladigan bo‘ldi.

Tajribali markaziy himoyachi klub prezidenti Joan Laporta bilan uchrashganidan keyin uning o‘z jamoasida qolishi hal bo‘ldi.

Ma’lumotlarga qaraganda, 34 yoshli futbolchi klub bilan 2024 yilning yozigacha davom etadigan shartnoma imzolagan. Unga ko‘ra, Pikening maoshi maydonda o‘tkazilgan uchrashuvlar soniga qarab belgilanadi.

Ronald Kuman va uning boshchiligidagi murabbiylar shtabi Jerar Pikeni jamoa etakchisi sifatida e’tirof etmoqda. Pikening jamoa futbolchilariga ta’siri katta ekanini ham aytib o‘tish joiz.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!