“Barsa”ga kel, Messining raqamini beramiz!

  • 1 yanvar, 2024, 13:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” rahbariyati “Manchester Yunayted”dan quvilgan Meyson Grinvudning o‘yin darajasidan hayratga tushdi.

Manchesterni tark etgan iste’dodli futbolchi ijara asosida “Xetafe” sharafini himoya qilmoqda. “Xetafe” mutasaddilari ham hujumkor futbolchini to‘liq transfer qilishga harakat qilyapti.

The Sun nashrining ta’kidlashicha, “Barselona” Grinvudni olish uchun manchesterliklarga 40 million funt to‘lashga tayyorligini bildirgan.

Kataloniyaliklar 22 yoshli futbolchining o‘ziga jamoa o‘tishi bilan klub afsonasiga aylangan Lionel Messining 10-raqamini berishni va’da qilmoqda.

Messidan keyin bu raqam porlab chiqqan Ansu Fatiga berilgandi. Keyinchalik bir necha marta og‘ir jarohat olgan Ansu talab darajasida o‘ynalmay qoldi. O‘tgan yoz kataloniyaliklar uni “Brayton”ga ijaraga berib yubordi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!