“Barsa”ni tanlagan yulduzga bonus berilmaydigan bo‘ldi

  • 25.03.2022 12:36
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Milan”dan ketishga tayyorgarlik ko‘rayotgan ivuarlik yarim himoyachi Frank Kessi “Barselona”ga o‘tgan taqdirda ham kataloniyaliklar unga shu jamoani tanlagani uchun beriladigan bonusni taqdim etmaydigan bo‘ldi.

Diario Sport nashrining xabar berishicha, 25-yoshli futbolchining bonusdan voz kechishi kataloniyaliklarga unga 4 yillik shartnoma bo‘yicha har mavsum uchun 7 million evroga yaqin miqdorda maosh berishiga imkoniyat yaratadi. 

Tomonlar kelishuviga ko‘ra, Frank Kessi mavsum yakunlanishi bilan “Milan”ni tark etib, erkin agent sifatida “Barselona”ga ko‘chib o‘tadi.

Kessi joriy chempionatda  23 marotaba maydonga tushib, o‘z hisobyuiga beshta to‘p yozdirib qo‘ydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!