
“Barsa”ni yana bir yulduz tark etmoqchi
“Barselona” sardori Serxio Buskets qishki transferlar vaqtida jamoani tark etishni rejalashtiryapti.
Shunga qaramay, Buskets tayanch zonada ishonchli o‘ynay oladigan asosiy futbolchi hisoblanadi. Bosh murabbiy Xavi Ernandes unga to‘liq ishonadi.
Ayni paytda klub mutasaddilari Busketsni mavsumni o‘z joyida yakunlab qo‘yishga ko‘ndirmoqchi bo‘layotgani aytilmoqda. Mavsum oxirda Serxioning amaldagi shartnomasi tugaydi.
Buskets “Barselona”da 2005 yildan beri to‘p tepib kelmoqda. 34 yoshli yarim himoyachi jamoasi bilan klub miqyosidagi barcha turnirlarda g‘alaba qozongan kam sonli o‘yinchilardan hisoblanadi.
Fikrlar