
"Barselona" - "Real" uchrashuvini kim boshqarishi ma’lum bo‘ldi. U Ramosni 2 marta maydondan chetlatgan
"Barselona" - "Real" o‘rtasidagi “el-klasiko”ni boshqaradigan hakamlar nomi e’lon qilindi.
Unga ko‘ra ushbu bellashuvni Alexandro Ernandes boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqarib boradi. Unga esa qanotlarda Teodoro Sobrino Magan va Xose Enrike Peres Naranxolar yordam berishadi. VAR da esa Rikardo de Burgos Bengoechea va uning assistenti Xon Nunes Fernandes ishlaydi.
Ma’lumot uchun, Ernandes faoliyati davomida 3 marta "el-klasiko"ni boshqargan va "Real" sardori Serxio Ramosni 2 marta maydondan chetlatgan.
Eslatib o‘tamiz, "Barselona" - "Real" uchrashuvi 18 dekabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da boshlanadi.
Fikrlar