"Barselona" 180 million evrolik hujumchi bilan shartnoma imzolamoqchi

  • 04.10.2025 10:18
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Barselona" klubi "Manchester Siti" a’zosi Erling Xolandga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Bu haqda "El Nacional" nashri xabar tarqatdi.

Manbaga ko‘ra, klub prezidenti Joan Laporta jamoa tarkibini kuchaytirish maqsadida norvegiyalik hujumchini sotib olish imkoniyatini o‘rganib chiqmoqda. Kataloniyaliklar rahbariyati bu transferni amalga oshirish uchun bir nechta futbolchilar bilan xayrlashishga tayyor. Asosiy nomzodlar — Ronald Arauxo, Dani Olmo va Fermin Lopes hisoblanadi.

Ma’lumot uchun, joriy mavsum Erling Xoland "shaharliklar" safida, barcha musobaqalarda 8 ta o‘yinda maydonga tushib, 11 ta gol urdi va 1 ta golli uzatma berdi. "Transfermarkt" portali 24 yoshli forvardni 180 million evro deb baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!