
"Barselona" 20 yoshli gollandiyalik hujumchini ko‘z ostiga olib qo‘ydi
Kataloniyaning "Barselona" klubi yangi markaziy hujumchi izlash bo‘yicha faol ishlar olib bormoqda.
Sport.es nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “ko‘k-anor ranglilar”ning bu boradagi asosiy transfer nishoni “Inter” forvardi Lautaro Martines hisoblanadi. Biroq, argentinalik futbolchini olib kelish ularga ancha qiyinchilik tug‘dirishi mumkin.
Shu bois “Barselona” Martinesni qo‘lga kirita olmagan taqdirda PSV hujumchisi Doniell Malenni sotib olishga urunib ko‘radi.
Ma’lumot uchun, 20 yoshli gollandiyalik futbolchi joriy mavsum PSV safida 25 ta o‘yinda maydonga tushdi va 17 gol hamda 9 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning transfer narxi esa 28 million evroga baholanmoqda.
Fikrlar