
"Barselona" afsonasi Luis Suares vafot etdi
Ispaniyalik afsonaviy futbolchi Luis Suares Miramontes vafot etdi.
88 yoshli “Oltin to‘p” sohibi bugun olamdan o‘tdi.
Faoliyati davomida Miramontes “Deportivo”, “Espanya Industrial”, “Barselona”, “Inter” va “Sampdoriya” klublarida o‘ynagan.
"Barselona" bilan Luis ikki marta Ispaniya chempionatini va bir marta kubokni qo‘lga kiritdi, shuningdek, u "Inter" bilan 3 marta A Seriyada g‘olib chiqqan. Bundan tashqari, Luis Evropa chempionatida va qit’alararo kubokda ham zafar quchgan.
1964 yilda Ispaniya terma jamoasi bilan Miramontes Evropa chempioni bo‘ldi.
1960 yilda u ovoz berish natijalariga ko‘ra Ferents Pushkash va Uve Zeelerni ortda qoldirib, "Oltin to‘p"ni oldi. U Ispaniyada tug‘ilgan birinchi mukofot egasi hisoblanadi. (mukofotni olgan birinchi ispaniyalik Argentinada tug‘ilgan Alfredo Di Stefano edi). Qayd etish lozim, Miramontes "Barselona" tarixidagi birinchi "Oltin to‘p" sovrindori.
Fikrlar