"Barselona" Bastoni transferi bo‘yicha yangiliklarni rejalashtirmoqda

  • 14.04.2026 16:07
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Inter" himoyachisi Alessandro Bastonining "Barselona"ga o‘tishi mumkinligi haqida yangi ma’lumotlar paydo bo‘ldi.

Insayder Fabrizio Romano xabar berishicha, hozircha bu transfer bo‘yicha hech qanday yangi qadamlar amalga oshirilmagan. Manbaga ko‘ra, yaqin ikki hafta ichida ham bu borada o‘zgarish kutilmaydi.

Shu bilan birga, Kataloniya klubi transferni may yoki iyun oyida rasmiylashtirishni rejalashtirmoqda, transfer oynasini kutmasdan oldin harakat qilish ehtimoli bor. Ta’kidlanishicha, "Barselona" Bastoni bilan dekabr oyidan beri aloqada.

27 yoshli italyalik himoyachi joriy mavsumda barcha musobaqalarda 37 ta o‘yin o‘tkazib, 2 ta gol urgan va 6 ta golli uzatma amalga oshirgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!