
"Barselona" bu borada joriy mavsumning eng yaxshisi
"Barselona" Evropaning Top-5 ligasidagi jamoalar orasida raqiblarini offsaydga tushirishda eng yaxshi natija ko‘rsatmoqda.
Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, jamoa barcha musobaqalardagi 15 o‘yinda raqiblarini 99 marta (shundan 83 tasi La Ligada) offsaydda qoldirgan.
Bu Evropaning top-5 ligasidagi klublar orasida eng yuqori ko‘rsatkichi hisoblanadi. "Blaugrana" raqiblari bu mavsumda har bir o‘yinda o‘rtacha 6,6 marta offsaydga tushmoqda.
Ma’lumot uchun, Kataloniya klubi La Liganing navbatdagi bahsida ham "Espanol"ning ikkita golida sun’iy offsayd tashkil etdi.
Fikrlar