"Barselona" De Yong bilan shartnomani uzaytiradi

  • 29 iyun, 17:34
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Frenki de Yong "Barselona"da qoladi. Bu haqda "Diario Sport" xabar bermoqda.

Tecno

Manbaga ko‘ra, "ko‘k-anorranglilar" Frenki bilan shartnomani 2029 yilgacha uzaytirish bo‘yicha qisman kelishuvga erishgan. Shartnomani uzaytirish va de Yongning maoshini qayta taqsimlash Bilbaoning "Atletik" klubi vingeri Niko Uilyamsni sotib olishda muhim omil bo‘lishi mumkin.

2024/25 yilgi mavsumda niderlandiyalik barcha musobaqalarda 46 ta uchrashuvda qatnashib, ikkita gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi. Yarim himoyachining "Barselona" bilan amaldagi shartnomasi kelasi yozgacha amal qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!